Jump to Content

Tezkor, xavfsiz va osonroq. Bir bosish bilan Google orqali kirish mumkin.

Tashqi manbalarda roʻyxatdan oʻtish va ularga Google hisobi orqali kirish xavfsizroq va osonroq. Bu funksiya orqali siz hisob maʼlumotlarini kiritish uchun kamroq vaqt sarflaysiz va sevimli saytlar va ilovalarga koʻproq vaqt sarflaysiz.

Kursor noutbuk ekranida Google orqali kirish tugmasi ustida turibdi. Ilova belgilari ekranda aylanib turibdi. Noutbuk yonidagi mobil qurilmada ham Google orqali kirish tugmasi chiqib turibdi.
  • Muammosiz kiring

    Hisob maʼlumotlarini kiritmasdan hisoblar yarating va sevimli resurslarga kiring.

  • Istalgan qurilmada foydalaning

    Siz foydalanadigan barcha brauzerlar va qurilmalarda, jumladan, iOS va Android tizimlarida oson va odatga aylanib qolgan kirish tajribasidan bahra oling.

  • Aloqalaringizni boshqaring

    Ism, email manzili va profil rasmi kabi hisob haqida maʼlumotlarni xavfsiz ulashish hamda Drive kabi Google ilovalariga ruxsatlarni boshqarish orqali ilova va saytlaringizni nazorat qiling.

  • Google bilan xavfsizroq qoling

    Endi hech qanday takrorlanuvchi va kuchsiz parollar boʻlmaydi! Ilovalar va saytlarga Google hisobi bilan kirganingizda, ular parolingizni saqlamaydi, demak, maʼlumotlar yaxshiroq himoyalangan.

Google orqali kirishdan qanday foydalanish mumkin

Istalgan qurilmada sevimli ilova va saytlaringizga Google hisobingiz bilan osongina kiring

Ilova yoki saytda Google orqali kirish tugmasini bosing

Foydalanish uchun Google hisobini tanlang

Birinchi marta ilova yoki xizmatga kirayotganda Google hisobingizdagi ism, email manzili va profil rasmini ulashing
Ayrim ilovalar manzil yoki telefon raqamingiz kabi boshqa maʼlumotlarni talab qilishi mumkin, ularni istalgan vaqt Google hisobingiz sozlamalari orqali boshqarishingiz mumkin

Ilova yoki saytga kirish

Hisobingizga kirib oldingiz!
Keyingi safar ham shu Google hisobingiz bilan osongina kirishingiz mumkin

Qurilmada kirish ekrani koʻrsatilgan. Foydalanuvchi nomi va parol maydonchalarida yangi hisob yaratish yoki Google orqali kirish variantlari mavjud. Google orqali kirish tugmasi kengaytib, ekrandan chiqib ketmoqda. Kursor tugmani bosmoqda.
Qurilma ekranida qalqib chiquvchi oyna ochilmoqda. Foydalanuvchiga ilovaga Google hisobi bilan kirishni yoki boshqa hisob yaratishni taklif qilmoqda. Kursor hisobni tanlamoqda.
Qalqib chiquvchi oyna oʻzgarmoqda va yangisi foydalanuvchiga ilovada Google orqali kirish uchun ruxsat berishni taklif qilmoqda. Kursor davom etish tugmasini bosmoqda. Oyna yopilmoqda va ekranda ilova yuklanayotgani koʻrsatilmoqda.

Google himoyasi ostida xavfsiz kirish

  • Birlamchi himoyalangan

    Google hisobi bilan kirish tezkor va xavfsiz. Bu funksiya siz haqingizdagi maʼlumotlarni saqlaydigan manbalar sonini cheklaydi, yaʼni maʼlumotlarni tashqi ilovalar va saytlardan sizib chiqishdan himoya qiladi.

  • Boshqaruv oʻz qoʻlingizda

    Har bir tashqi ilova va saytga ulashishni tanlagan maʼlumotlaringizni boshqaring va sozlamalaringizni istalgan vaqtda Google hisobingiz orqali yangilang.

  • Maxfiylik asosida ishlab chiqilgan

    Google orqali kirish funksiyasi bilan olingan harakatlarga oid va boshqa maʼlumotlardan reklama uchun ham, boshqa Google mahsulotlari uchun ham foydalanmaydi. Maxfiyligingiz ustuvorligiga qaratilgan axborot bilan ishlashga qatʼiy masʼuliyat bilan yondoshamiz.

Sevimli ilovalar va saytlaringizga bir klik bilan kirish mumkin